Muborak, Dehqonobod va G‘uzorda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari xati hamda O‘zgidrometning 2026-yil 13–18-iyul kunlari havo harorati 40–45 °C gacha ko‘tarilishi bo‘yicha bergan prognozi inobatga olinib, tuman hokimlarining farmoyishiga asosan 2026-yil 14–18-iyul kunlari tumanlardagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur chora-tadbir bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni jazirama issiqning salbiy ta’siridan asrash hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
https://t.me/nasafnewsuz/20500