Markaziy bank nima uchun kerak? Markaziy bank — mamlakatdagi pul va bank tizimining barqaror ishlashiga mas’ul asosiy moliyaviy institutdir. Uning eng muhim vazifalari: — inflyatsiyani nazorat qilish; — milliy valyuta — so‘mni muomalaga chiqarish; — tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish; — valyuta bozorini tartibga solish; — to‘lov tizimlarining xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash; — bank mijozlarining huquqlarini himoya qilish. Oddiy qilib aytganda, Markaziy bank mamlakat moliyaviy tizimining ishonchli, xavfsiz va barqaror ishlashi uchun javob beradi. @kvadratuzzz
https://t.me/kvadratuzzz/605